Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Oktabr/2022   Ta'lim

O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari vakillari Ozarbayjonda o‘tkazilgan «Barqarorlik uchun hamkorlik» forumida qatnashdi

BOKU, 1-oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari delegatsiyasi Ozarbayjonning G‘arbiy Kaspiy universitetida “THE” (Times Higher Education) xalqaro reyting tashkilotining «Barqarorlik uchun hamkorlik» forumida qatnashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, O‘zbekistondan mazkur anjumanda ishtirok etish uchun  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Inha universitetining O‘zbekistondagi filiali, Toshkent moliya instituti va Toshkent avlat yuridik universiteti vakillari  Bokuga keldi.

Forumning maqsadi jahonning ko‘plab oliy taʼlim muassasalari vakillarini bir platforma atrofida to‘plagan holda xalqaro reytingning eng muhim tarkibiy qismi — taʼlim sifati indikatori bo‘yicha takomillashtirilgan dasturni taqdim etishdan iborat bo‘ldi.

Barqaror kelajakka yo‘l ochishda sifatli taʼlim muhimligini hisobga olgan holda, forum SDG-4 bo‘yicha universitetlar faoliyatiga eʼtibor qaratgan «THE Impact Rankings» metodologiyasini o‘rganuvchi eksklyuziv maʼlumotlarni o‘z ichiga oldi.

Forumda dunyoning taniqli olim va taʼlim ekspertlari o‘z maʼruza va mahorat darslari orqali oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yana-da rivojlantirishda nimalarga eʼtibor qaratish zarurligi bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon qildi.

Mavzuga oid

Nobel mukofoti sohiblari tahsil olgan un...

O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida Berlin texnika universiteti (BTU) va Toshkent...

AQSH O‘zbekiston yoshlari uchun taʼlim d...

O‘zbekiston elchisi Javlon Vahobov AQSH davlat kotibi yordamchisi vazifasini bajaruvchi, D...

O‘zbekiston va Yaponiya tibbiy oliy taʼl...

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Yaponiyaning Morinomiya tibbiyot universiteti va Farg‘on...

So`nggi yangiliklar