Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   Parlament

O‘zbekiston parlamenti deputatlari Germaniya Bundestagi tajribasini o‘rganmoqda

BERLIN, 29-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti vakillaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


2 dekabriga qadar O‘zbekiston elchixonasidan maʼlum qilinishicha, joriy yil 28 noyabr kuni boshlangan tashrif davomida mamlakatimiz parlamenti aʼzolari Germaniya Bundestagi faoliyatini tashkil etish tajribasi, jumladan, uning boshqaruvi, ilmiy xizmati, doimiy komissiyalari, parlament nazorati va murojaatlar organlari, kutubxonalar va boshqa tuzilmalari faoliyati bilan yaqindan tanishadilar.

Haftalik dastur doirasida Germaniya deputatlarining partiya fraksiyalari, ixtisoslashtirilgan qo‘mitalari amaliy faoliyati, Bundestag va saylov okruglaridagi yalpi majlislar jarayoni bilan tanishishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek,  Germaniya federal yerlarining vakillik organi bo‘lmish Bundesrat va Brandenburg federal yeri parlamenti (Landtag) faoliyati bilan tanishish ham rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidentining «Byudjet maʼlumotlarining ochiqligi va fuqarolarning byudjet jarayonida faol ishtirokini taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq, Germaniyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish doirasida O‘zbekiston tomonining murojaatiga binoan Bundestag vakillari mamlakat byudjetini rejalashtirish va uning bajarilishini monitoring qilish bo‘yicha Germaniya parlamenti faoliyati to‘g‘risida ham maʼlumot berishadi.

Nemis mutaxassislarining fikricha, parlament aʼzolarining mehnat samaradorligiga, asosan, Bundestagning axborot va ilmiy xizmatlari ko‘maklashadi, muayyan voqealarni tahlil qiladi va tegishli maʼlumotlarni taqdim etadi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston parlamenti vakillari Bundestagning axborot ishlari, jumladan, bosma va elektron nashrlari faoliyati bilan ham tanishadilar.

Germaniya parlamentarizmining boy tajribasi va anʼanalarini hisobga olgan holda GFR bilan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekiston delegatsiyasining Germaniyaga tashrifi O‘zbekiston parlamenti faoliyatini yana-da takomillashtirishga, uni amaliy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.

Taʼkidlash joizki, parlamentlararo aloqalar O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi samarali rivojlanayotgan ikki tomonlama munosabatlarning muhim tarkibiy qismidir. Bu boradagi hamkorlik faol rivojlanmoqda. So‘nggi 5 yilda parlament delegatsiyalarining 10 dan ortiq tashriflari amalga oshirildi. Xususan, Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok xonimning yaqinda O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Bundestag deputatlari delegatsiyasi ham hamrohlik qildi.

Germaniya parlamenti aʼzolari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan turli anjuman, forum va boshqa tadbirlarda muntazam ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Germaniya Bundestagi bilan hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo guruhi va Bundestagning «Germaniya – Markaziy Osiyo» Parlament guruhi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati va Qozog...

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva bugun amaliy tashrif bilan mamlaka...

Tadbirkor ayollar klubida O‘zbekistonda ...

Xotin-qizlarni jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha re...

Senat aʼzolari O‘zbekistonning Koreya Re...

Kecha Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investi...

So`nggi yangiliklar