27/Mart/2023 Sport
TOSHKENT, 27-mart. /“Dunyo” AA/. Gruziya poytaxti Tbilisida dzyudo bo‘yicha «Katta dubulg‘a» turniri o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Quvonarlisi, ushbu xalqaro musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari uchta medalni qo‘lga kiritishdi.
Jumladan, ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda Diyora Keldiyorova (-52 kg) barcha raqibalarini mag‘lub etib oltin medalga sazovor bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasidagi basʼhlarda esa dastlab Obidxon No‘monov (-73 kg) kumush medali bilan taqdirlandi. Musobaqaning oxirgi kunida +100 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Shohruh Baxtiyorov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin uchun kechgan kurashda yurtdoshimiz slovakiyalik Marius Fizeldan ustun keldi.