Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/May/2023   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Misrning yetakchi investitsiya-sanoat kompaniyasi rahbarini qabul qildi

 TOSHKENT, 29-may. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev  bugun Misrning «Orascom Investment Holding» kompaniyasi raisi Najib Savirisni qabul qildi, deb  xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati  maʼlumotiga ko‘ra, Misrning yetakchi investitsiya-sanoat korporatsiyasi rahbari oliy darajadagi kelishuvlar doirasida mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Uchrashuvda kompaniyaning O‘zbekistonda qo‘shma «yo‘l xaritasi» doirasida qiymati 1,2 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi rejalari ko‘rib chiqildi.

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish va metall konlarini o‘zlashtirish, zamonaviy mehmonxona majmualarini barpo etish va boshqarish, quyosh va shamol elektr stansiyalarini qurish bo‘yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Xo‘jandga keldi...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga rasmiy tashrifining ikkinchi kuni D...

Yoshlar ishlari agentligi volontyorlik f...

O‘zbekiston Prezidenti «Volontyorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘s...

Muqaddas Qurbon hayiti munosabati bilan ...

Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat M...

So`nggi yangiliklar