Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2020   Dolzarb

O‘zbekiston Prezidenti BMT huzurida Afg‘oniston bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qo‘mita tashkil etish tashabbusini ilgari surdi


TOSHKENT, 23-sentyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi nutqining translyatsiyasi davom etmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish masalasiga alohida to‘xtaldi. O‘zbekiston Afg‘onistonni Markaziy Osiyoning ajralmas qismi sifatida qabul qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti faqat birgalikda va yaqin hamkorlik orqali afg‘on xalqining ezgu orzu-umidlarini ro‘yobga chiqarish mumkinligini ta’kidlab, BMT huzurida Afg‘oniston bo‘yicha doimiy faoliyat ko‘rsatadigan qo‘mita tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

“Ushbu qo‘mitaning asosiy vazifasi Afg‘onistonning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘mak berishdan iborat bo‘lishi zarur”, - dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Videotranslyatsiya davom etmoqda.

Mavzuga oid

Yaponiya davlat prokurori: O‘zbekistonda...

professor, davlat prokurori, Yaponiya Adliya vazirligi huzuridagi Tadqiqot va malaka oshir...

Ohangaron tumanini kompleks rivojlantiri...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning joriy yil 7 dekabrdagi qarori bilan 2021-2022 yilla...

Belgiyada «O‘zbek tilining izohli lug‘at...

O‘zbekistonning Belgiya Qirolligidagi elchixonasida bir guruh vatandoshlar ishtirokida «O‘...

So`nggi yangiliklar