Uz / Ўз Ru En

Toshkent

02/Mart/2023   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Bokuda taniqli siyosat va davlat arbobi Haydar Aliyev va uning rafiqasi Zarifa Aliyeva xotirasiga hurmat bajo keltirdi

TOSHKENT, 2 mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Boku shahridagi Faxr xiyoboniga tashrif buyurib, Ozarbayjon xalqining umummilliy yetakchisi Haydar Aliyev xotirasiga hurmat bajo keltirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Haydar Aliyev atoqli siyosiy va davlat arbobi, mustaqil Ozarbayjonning asoschisi bo‘lgan. Uning qatʼiyati, kuchli siyosiy irodasi va beqiyos yetakchilik qobiliyati tufayli qardosh davlat murakkab sinovlarni munosib yengib o‘tgan.

Haydar Aliyev o‘zbek xalqining yaqin do‘sti bo‘lgan. O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgan. Qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tarixiy rishtalar va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga ulkan hissa qo‘shgan.

Bunga o‘ziga xos ehtirom sifatida siyosatchining xotirasi yurtimizda ham eʼzozlab kelinmoqda. Toshkentda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida poytaxtimizda Haydar Aliyev nomidagi ko‘cha va xiyobon ochilgan edi.

Bularning barchasi qardosh xalqlarimiz o‘rtasidagi mustahkam do‘stlikning yorqin ifodasidir.

Davlatimiz rahbari Haydar Aliyev va uning rafiqasi Zarifa Aliyeva qabrlariga gul qo‘ydi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Eron TIV rahb...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doi...

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari...

Davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ikki mamlakat yetakchi korxonalarining ustuvor...

O‘zbekiston Prezidenti: Yaqin Sharq mint...

Davlatimiz rahbari Boku shahrida Qo‘shilmaslik harakati Muloqot guruhining sammitida nutq ...

So`nggi yangiliklar