19/Noyabr/2021 Prezident
TOSHKENT, 19 noyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tongda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, oliy darajadagi muzokaralar bugun Moskva shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash masalalari muhokama qilinishi, qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.