Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Dekabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Qozog‘istonga keldi


TOSHKЕNT, 5-dekabr. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton shahriga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, Nursulton Nazarboyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.  
O‘zbekiston Prezidentini Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev kutib oldi. Ikki mamlakat yetakchilarining qisqa suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 6 dekabrga mo‘ljallangan. Oliy darajadagi muzokaralarda siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiyot va transport-logistika sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish iqtiqbollari muhokama qilinishi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv natijalari bo‘yicha  20 dan ortiq hujjat imzolanishi ko‘zda tutilgan.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Qirg‘iziston Prezidentlar...

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezi...

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi: O...

O‘zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov bugun o‘tkazilgan brifing davomida...

O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Prezident Qasim-Jomart Toqayev bila...

So`nggi yangiliklar