Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Sentabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Dushanbeda Eronning yangi Prezidenti bilan uchrashdi


TOSHKENT, 16-sentabr. /“Dunyo” AA/. Dushanbe shahriga tashrifning birinchi kungi dasturi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati manʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida davlatimiz rahbari Eron Prezidentini yuksak davlat lavozimiga saylangani bilan yana bir bor samimiy qutlab, masʼuliyatli faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Joriy yil boshidan o‘zaro savdo ko‘rsatkichlari izchil o‘sib borayotgani kuzatilmoqda. Qishloq xo‘jaligi, parrandachilik, baliqchilik, oziq-ovqat sanoati va boshqa tarmoqlarda biznes loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Savdo-iqtisodiy aloqalar surʼatini davom ettirish va yangi “o‘sish nuqtalari”ni aniqlash maqsadida qo‘shma Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, “yo‘l xarita”si asosida sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish istiqbollari hamda ikki mamlakat tranzit salohiyatini samarali ishga solish imkoniyatlari vakolatli idoralar darajasida puxta o‘rganiladi.

Davlat rahbarlari mintaqa kun tartibidagi masalalarni, shu jumladan Afg‘onistonda vujudga kelayotgan vaziyatdan kelib chiqqan holda ko‘rib chiqdilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Biz tinchlik va ...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon bilan birga...

O‘zbekiston Prezidenti AQSH delegatsiyas...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha poytaxtimizda o‘tgan xalqaro ...

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari ...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Dushanbe shahriga kelgach, Tojikiston Prez...

So`nggi yangiliklar