Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Oktabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti ertaga Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi


TOSHKENT, 29-oktabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inning taklifiga binoan 30 oktyabr kuni Seul shahrida videoanjuman shaklida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy iqtisodiy hamkorlik ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir kun tartibidan koronavirus pandemiyasi oqibatlarini birgalikda yengib o‘tish va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida mintaqaviy siyosatning eng dolzarb masalalari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da rivojlantirish istiqbollariga to‘xtalib o‘tadi.

Forum ishida O‘zbekiston va Janubiy Koreya yetakchilari bilan bir qatorda Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Mo‘g‘uliston prezidentlari va boshqalar ishtirok etadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ...

AQShning yetakchi tadqiqot markazida Afg...

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Javlon Vahobov Amerika Qo‘shma Shtatlari Tinchlik institu...

Shavkat Mirziyoyev: Markaziy Osiyo, Buyu...

«Bugun Markaziy Osiyo, Buyuk ipak yo‘li davrlarida bo‘lganidek, Yevropa va Osiyo o‘rtasida...

So`nggi yangiliklar