24/Avgust/2021 Prezident
TOSHKENT, 24-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti «O‘zbekiston Qahramoni» unvonini berish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirish, Vatanimiz obodligi, turmushimiz farovonligini ta’minlash borasidagi katta xizmatlari, so‘nggi yillarda Yangi O‘zbekistonda jadallik bilan olib borilayotgan tub islohotlar jarayonidagi tashabbuskorligi, davlat va xalq manfaatlari yo‘lidagi fidokorona mehnati, ishlab chiqarish va ijtimoiy-ma’naviy sohalardagi ko‘p yillik samarali va ibratli faoliyati, yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni berilib, oliy nishon – «Oltin yulduz» medali topshirilsin”, - deyiladi hujjatda.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni quyidagilarga berildi:
Axmedov Muxamad Ismatovich - Buxoro tumanidagi «Madaniyat Muhammad Ismat» fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Buxoro viloyati.
Ayupov Shavkat Abdullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Matematika instituti direktori.
Gafurov Ibragim Usmanovich - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim.
Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna - O‘zbekiston davlat konservatoriyasi an’anaviy ijrochilik kafedrasi mudiri.