Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Noyabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibini qabul qildi

TOSHKЕNT, 26-noyabr. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyani qabul qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.


 Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra,  mamlakatimiz va ushbu nufuzli xalqaro tuzilma o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Jahon bojxona tashkilotiga 1992 yildan a’zo. Keyingi yillarda mazkur tashkilot bilan hamkorlik sezilarli darajada faollashdi.

2019 yilda hamkorlikning «yo‘l xaritasi» qabul qilindi. Yurtimiz Kioto va Istanbul konvensiyalariga qo‘shildi hamda Savdoga ko‘maklashish global dasturida ishtirok etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Uning doirasida 12 ta tadbir o‘tkazilgan.

Tashkilot ko‘magi bilan 2020 yil yanvar oyida «Yagona darcha» avtomatlashtirilgan tizimi, Bojxona nazoratini muvofiqlashtirish bo‘yicha situatsion markaz ishga tushirildi. Yaqinda mamlakatimiz Bojxona laboratoriyasi Jahon bojxona tashkilotining Mintaqaviy laboratoriyasi maqomini oldi.

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti ushbu xalqaro tuzilmaning Tadqiqotlar dasturida akkreditatsiyadan o‘tdi.

Bojxona xodimlarining malakasini oshirishga ko‘maklashilmoqda. Keyingi bir necha yilda yurtimizning 200 nafardan ziyod bojxonachisi tashkilotning qisqa muddatli o‘quv kurslarida ishtirok etdi.

Bundan tashqari, mintaqaviy hamkorlik rivojlanib bormoqda. Kecha Toshkent shahrida o‘tgan mintaqa mamlakatlari bojxona xizmatlari vakillarining uchrashuvi ham samarali bo‘ldi.

Bosh kotib Kunio Mikuriya bilan uchrashuvda O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Raqamlashtirish, ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish, intellektual tizimlardan foydalangan holda bojxona postlarini modernizatsiya qilish, korrupsiya, kontrabanda va bojxona sohasidagi qoidabuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mutaxassislar tayyorlash va boshqa yo‘nalishlarda qo‘shma tadbir va loyihalarni amalga oshirish muhim ekani qayd etildi.

Mamlakatimiz tez fursatda Jahon savdo tashkilotiga kirishi bilan bog‘liq masalalarda yaqindan hamkorlik qilish zarur ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston va Jahon bojxona tashkiloti o‘rtasidagi amaliy sheriklikni kengaytirish bo‘yicha yangi «yo‘l xaritasi»ni qabul qilishga kelishib olindi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti raisligida o‘tgan...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun qishloq xo‘jaligida loyihalarni amalga oshirish hamda t...

O‘zbekiston Prezidenti telefon orqali Po...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan telef...

O‘zbekiston va Turkiya Prezidentlari Xiv...

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga bugun Xorazmga keldi

So`nggi yangiliklar