Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan farmatsevtika korxonasi faoliyati bilan tanishdi


TOSHKENT, 29 iyul. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Olmaliq shahridagi «Jurabek laboratories» qo‘shma korxonasi faoliyatini ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari Matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, korxona 48 million flakon infuzion eritmalar, 480 million dona ampula, 60 million dona quruq antibiotiklar, 20 million dona liofilizatsiya qilingan dori shakllarini ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bu yerda GLP laboratoriyasi mavjud, xalqaro GMP standarti joriy etilgan.

Korxona tomonidan 300 turdan ortiq dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. 15 dan ortiq xorijiy davlatga eksport qilinmoqda.

Bugungi pandemiya davrida juda muhim bo‘lgan remdesivir, favipiravir, geparin, enoksaparin kabi dorilar ham ishlab chiqarilmoqda.

Biotexnologiyalar sohasida monoklonial antitanachalar turidagi dori vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha 30 million dollarlik yangi loyihaga kirishilgan.

Korxonada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari shu boradagi texnik imkoniyatlar bilan tanishdi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy darajadagi...

Bugun ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev ...

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizdagi ...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun o‘zining iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xa...

Prezident matbuot kotibi: Davlatimiz ra...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Prezident matbuot koti...

So`nggi yangiliklar