Uz / Ўз Ru En

Toshkent

05/Avgust/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Livan Prezidentiga hamdardlik bildirdi


TOShKENT, 5 avgust. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Livan Respublikasi poytaxti Bayrut bandargohida yuz bergan kuchli portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan mamlakat Prezidenti Mishel Aunga hamdardlik bildirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining ma’lumotiga ko‘ra, davlatimiz rahbari Livan xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya bildirdi.

“Dunyo” AA avval xabar qilganidek, Bayrut bandargohida sodir bo‘lgan kuchli portlash natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘lgan, 4 mingga yaqin kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan.

Omborxonalarda saqlanayotgan 2 ming 700 tonna ammiakli selitraning portlashi oqibatida Bayrut bandargohining asosiy qismi vayron bo‘lgan va shaharning katta qismidagi binolarga zarar yetkazilgan. Ko‘p odamlar shisha parchalari bilan yaralangan.

Seysmologlarning ta’kidlashicha, portlash Rixter shkalasi bo‘yicha 4,5 magnitudali zilzila kuchiga teng bo‘lgan.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti va XXR Raisi tele...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni Xitoy Xalq Respublikasi ...

Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vak...

Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Qatardagi “Tolibon” harakati siyosiy vakolat...

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengash...

O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlard...

So`nggi yangiliklar