Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Avgust/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti: Musa Yerniyazovdek vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna bo‘ladi


TOSHKENT, 1-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni, Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga dafn etilgan Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

– Rahmatli Musa og‘a elni yaxshi ko‘rgan, halol, pok, or-nomusli inson edi, – deya davlat rahbari so‘zlarini keltiradi Prezident Matbuot xizmati. – U kishiga juda ishonardim, Qoraqalpog‘istondan ko‘nglim to‘q edi. Tili, dini, taqdiri, tashvishlari bir bo‘lgan o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining og‘zibirchiligini qadrlardi. Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish, odamlarning birini ikki qilish bo‘yicha ko‘p ishlarni boshlagan edik. Endi bu ishlarni, rejalarimizni do‘stlari bilan birga albatta davom ettiramiz.

Shavkat Mirziyoyev Musa Yerniyazov dafn etilgan qabriston obod qilinishini taʼkidladi.

- Bu yerni Qoraqalpog‘istonga kelganlar ehtirom bilan ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz. Shunday vatanparvar insonlarning hurmatini joyiga qo‘ysak, xalqimizga, yoshlarimizga namuna bo‘ladi, - dedi Prezident.

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha, 31-iyul kuni vafot etgan atoqli davlat va jamoat arbobi Musa Yerniyazov dafn marosimida ishtirok etish uchun Nukus shahriga keldi.

Mavzuga oid

Samarqand shahrida 12-13 avgust kunlari ...

Samarqand shahrida joriy yil 12-13 avgust kunlari Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro forum v...

​Oliy Majlis Senatida elchilar hisobоti ...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy al...

O‘zbekiston - Eron: diplomatik aloqalarg...

O‘zbekiston va Eron Islom Respublikasi o‘rtasidagi diplomatik hamkorlik o‘rnatilganiga 10 ...

So`nggi yangiliklar