Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Nursulton Nazarboyevni telefon orqali Qozog‘iston Birinchi Prezidenti kuni bilan tabrikladi


TOSHKENT, 1-dekabr. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Nursulton Nazarboyev va qardosh Qozog‘iston xalqini Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti kuni bilan samimiy qutladi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Elboshining zamonaviy Qozog‘istonni barpo etish va izchil rivojlantirish, mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishdagi tarixiy roli, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi alohida qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik, o‘zaro ishonch va qo‘llab-quvvatlash prinsiplariga asoslangan ko‘p qirrali munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholadilar.

Avvalo savdo-iqtisodiy sohada kengayib borayotgan amaliy hamkorlik mamnuniyat bilan qayd etildi. Pandemiya oqibatlariga qaramay, savdo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda yangi loyihalar amalga oshirilmoqda.

Koronavirus infeksiyasini barvaqt oldini olish va samarali davolash masalalarida saʼy-harakatlarni yaqindan muvofiqlashtirish davom etmoqda.

Madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib, hududlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma loyihalar ustida ish olib borilmoqda.

Telefon orqali muloqot chog‘ida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilarining suhbati har doimgidek samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoye...

Tashrifning birinchi kunida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalash...

Peter Siyyarto: O‘zbekiston Sharq mamlak...

“Dunyo” AA muxbiri vazir Peter Siyyarto bilan suhbatlashdi, uning O‘zbekiston – Vengriya h...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va...

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ...

So`nggi yangiliklar