Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Mart/2023   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Qoraqalpog‘istonga tashrifini Kegeyli tumanidagi 500 ta yangi ish o‘rni yaratilgan tekstil korxonasidan boshladi

TOSHKENT, 30-mart. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini Kegeyli tumanidagi «Aqtuba tekstil» korxonasidan boshladi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, ilgari bu tumanda sanoat umuman yo‘q edi. Iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish bo‘yicha qilinayotgan ishlar, hududlararo hamkorlik natijalari bu yerda ham sezilmoqda. Xususan, andijonlik tadbirkorlar bilan birgalikda uchta loyiha ishga tushirildi. 

Ulardan biri – «Aqtuba tekstil» yiliga 3 million donadan ziyod trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega. Buning uchun Germaniya, Yaponiya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. 500 ta ish o‘rni yaratilgan. Yiliga 6 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan. 

Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, ishchi ayollar bilan suhbatlashdi. Chekka hududlarda bunday yangi korxonalar ochilayotgani, xotin-qizlar ish bilan taʼminlanayotganining ahamiyatini taʼkidlab, buni davom ettirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.

Korxonaning o‘zida kasb-hunarga qayta tayyorlash o‘quv markazi tashkil etilgan. Unda yaqin mahallalardagi ishsiz fuqarolar hunar o‘rganib, o‘z yo‘lini topadi.

Mavzuga oid

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Konstitut...

O‘zbekiston Prezidentining “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymo...

O‘zbekiston Prezidenti Turkman xalqining...

Sizni aloqalarimiz tarixidagi muhim sana – O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomati...

So`nggi yangiliklar