Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston Prezidentini telefon orqali muloqotda tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi


TOSHKENT, 17-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda, “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmatidan maʼlum qilishlaricha,  davlatimiz rahbari Prezident Qasim-Jomart Toqayevni tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyat tiladi.

Qozog‘iston Prezidentining birodar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi qayd etildi.

Muntazamlik kasb etgan va ishonchga asoslangan oliy darajadagi muloqotlar ko‘p qirrali O‘zbekiston-Qozog‘iston munosabatlarining jadal surʼat bilan rivojlanishiga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Suhbatda ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi. Avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi hamkorlikning barcha ustuvor yo‘nalishlarida yana-da kengayishiga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh ...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni Pokiston Bosh vaziri Imron Xon b...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari...

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov t...

O‘zbekiston Prezidentining Matbuot kotib...

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Matbuot kotibi Sherzod...

So`nggi yangiliklar