Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/Avgust/2022   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti raisligida o‘tgan yig‘ilishda qo‘shni davlatlar bilan sheriklikdagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi

TOSHKENT, 8-avgust. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.


Mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona va o‘zaro manfaatli aloqalari izchil rivojlanib bormoqda. So‘nggi besh yilda ular bilan tashqi savdo hajmi 2,5 barobarga ko‘payib, 6 milliard dollardan oshgan. Yurtimizda qo‘shni davlatlar kapitali ishtirokida 1 ming 700 ta qo‘shma korxona ochilgan.

Yig‘ilishda Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishga oid yangi loyiha va takliflar ko‘rib chiqildi.

Mamlakatimizda kichik biznesni yana-da rivojlantirish maqsadida hududlarning investitsion jozibadorligi milliy reytingini ishlab chiqish tizimi ham muxokama qilindi.

Davlatimiz rahbari ko‘rib chiqilgan masalalar bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.

Mavzuga oid

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston teatr san...

Inson va jamiyat hayotida, xalqning ma’naviy dunyosini, ongu tafakkurini yuksaltirishda te...

O‘zbekiston Prezidenti Surxondaryo viloy...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoiti bilan yaq...

O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan telefon or...

So`nggi yangiliklar