Uz / Ўз Ru En

Toshkent

28/Noyabr/2022   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Davlat Dumasi Raisini qabul qildi

TOSHKENT, 28-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi parlament delegatsiyasini qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv avvalida Vyacheslav Volodin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda parlamentlararo muloqotlar jadal surʼat kasb etgani, O‘zbekiston va Rossiya hududlarida yangi formatdagi – ikki mamlakat parlamentlarining palata va qo‘mitalari rahbarlari darajasida uchrashuvlar o‘tkazish amaliyoti joriy qilingani alohida qayd etildi.

Yangi tashkil etilgan Hamkorlik bo‘yicha parlamentlararo komissiya faoliyati ikki tomonlama aloqalarni yana-da mustahkamlash hamda qonunchilik faoliyatini tashkil etish sohasida tajriba almashishni kengaytirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.

Iqtisodiy hamkorlikning ijobiy natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yilning boshidan buyon ikki tomonlama tovar ayirboshlash uchdan birga oshdi.

Rossiya investitsiyalarini jalb qilgan holda O‘zbekistonda neft-gaz, energetika, kon-metallurgiya, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida qo‘shma loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida ishblarmonlik aloqalari izchil kengayib bormoqda.

Madaniy-gumanitar yo‘nalishda, eng avvalo, oliy va o‘rta taʼlim hamda turizm sohalarida samarali hamkorlik rivojlantirilmoqda.

Rossiya delegatsiyasi aʼzolari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish, yoshlar tarbiyasi, sog‘liqni saqlash salohiyatini oshirish, shahar va qishloqlar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni yuksak baholadi.

 

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Davlat barcha ah...

Davlatimiz rahbari bugun Shayxontohur tumanidagi Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikani bor...

O‘zbekiston Prezidenti: Jadid bobolarimi...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyur...

O‘zbekiston Prezidenti Bangladesh tashq...

Prezident Shavkat Mirziyoyev kecha Toshkentdagi xalqaro konferensiya doirasida Bangladesh ...

So`nggi yangiliklar