Uz / Ўз Ru En

Toshkent

01/Dekabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi


TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga tayanib.

Uchrashuv avvalida Aleksandr Bortnikov davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi. Joriy yil 19 noyabr kuni Moskva shahrida o‘tgan oliy darajadagi ikki tomonlama uchrashuvning samarali natijalari yuksak baholandi.

Xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga, shu jumladan terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatlar, narkotrafik va boshqa xavf-xatarlarga qarshi kurashishda ikki mamlakat vakolatli organlari o‘rtasidagi muntazam aloqalarni davom ettirish va amaliy hamkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Afg‘onistonda vujudga kelayotgan holatdan kelib chiqib mintaqadagi vaziyat yuzasidan ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti Buxoro viloyatida...

Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tani...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoye...

Afg‘onistondagi barchamizni tashvishlantirayotgan vaziyat meni ham xavotirga solmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Turkiy tilli dav...

Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining sakkizinchi sa...

So`nggi yangiliklar