Uz / Ўз Ru En

Toshkent

25/Sentabr/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Samarqand viloyatida bo‘ldi


TOSHKЕNT, 25-sentabr. /«Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida kecha Samarqand viloyatida bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Xalq so‘zi” gazetasining ma’lum qilishicha, davlatimiz rahbari dastlab Hazrati Xizr majmuiga tashrif buyurib, Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

Birinchi Prezidentimiz qabriga gul qo‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Samarqand yoshlar markazida viloyat saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuv yakunlangach, Prezidentimiz Payariq tumanidagi Imom Buxoriy majmuasida amalga oshirilayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 15 aprel kuni Samarqand viloyatiga tashrifi chog‘ida yangi loyiha asosida mazkur majmuani qayta qurish ishlari boshlangan edi. Prezidentimiz qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, bu yerda mahalliy va xorijlik ziyoratchilar uchun har tomonlama qulay sharoit yaratish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi Sharq tongi mahallasida bo‘ldi. U yerda qariyb 3 ming aholi istiqomat qiladi. Oilalar, asosan, tadbirkorlik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanadi.

Davlatimiz rahbari shu mahallada yashovchi Abdunabi Abdunasimov xonadoniga kirib, yashash sharoitlari, fikrlari bilan qiziqdi.

Abdunabi ota sog‘liqni saqlash sohasida ishlab, nafaqaga chiqqan. Turmush o‘rtog‘i Gulchehra aya bilan besh farzandni tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ayni paytda farzandlari, nabira va evaralari e’zozida yashamoqda.

Mehnat faxriylari oila hayoti, kechagi va bugungi kunlar farqi haqida so‘zlab berdi.

- Ilgari davlat, jamiyat, inson degan tamoyil bor edi. Biz endi inson, jamiyat, davlat deyapmiz. Inson qadrini birinchi o‘ringa qo‘yayapmiz. Hamma ijro organlari, iqtisodiy kompleks quyi tizimga tushib, odamlarga ko‘makchi bo‘ladi. Shu bilan birga, insonning o‘zi ham harakat qilishi, sharoitlardan unumli foydalanishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Xonadondan chiqqanda nuroniylar, mahalla faollari bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatimizdagi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi o‘zgarishlar har bir shahar va tumanda sezilayotgani haqida gapirdi.

- Oxirgi yillardagi harakatlarimiz tufayli hokimliklarda mahalliy budjet paydo buldi. Bu yo‘q edi, - dedi Prezident. - Endi mahallalarda budjet tashkil kilishni rejalashtirganmiz. Tasavvur qilinglar, o‘zining puli bo‘lsa, mahalla qanday o‘zgaradi - yo‘lini to‘g‘rilaydi, suv olib keladi, shahobcha ochadi. Kelgusida mahallaga pul ham kiradi, talab ham boshqacha bo‘ladi.

Nuroniylar yurtimizga tinchlik, xalqimizga farovonlik tilab duo qildi.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Samarqand viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari fas...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali...

ShHT sammiti yakunlari: ShHTga raislik O...

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida bugun Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari...

O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotib...

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Prezident matbuot...

So`nggi yangiliklar