Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Iyul/2021   Vatandoshlarimiz

O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi boshlangani O‘monda taqdim etildi


MASKAT, 29 iyul. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning O‘mondagi elchixonasida ushbu davlatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Ishtirokchilar mamlakatimizda  aholi farovonligini oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshrilayotgan islohotlar bilan batafsil tanishtirildi. 
Uchrashuv chog‘ida mamlakatimiz Markaziy saylov komissiyasi tomonidan O‘zbekiston Prezidenti saylovi kampaniyasi boshlangani e’lon qilingani to‘g‘risida atroflicha fikr yuritildi. 
Joriy yil 24 oktabr sanasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kuni, deb belgilangani qayd etildi. 


Xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan yurtdoshlarimizning mazkur saylovda ishtirok etish tartibi tilga olingani barobarida vatandoshlarga elchixona binosida saylov uchastkasi tashkil etilishi va bo‘lajak saylov qonuniylik, xolislik, ochiqlik, oshkoralik hamda shaffoflik tamoyillariga to‘la amal qilingan holda o‘tkazilishi ta’kidlandi.
 Muloqot davomida, shuningdek, O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining «Saylov 2021» veb-portali va boshqa axborot resurslari ham taqdim etildi.
Uchrashuv so‘nggida yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan barcha savollarga batafsil javob berildi.

Mavzuga oid

Malayziyada istiqomat qilayotgan vatando...

Buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi muno...

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchi...

O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi elchixonasi tomonidan Tashqi mehnat migratsiyasi a...

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi ush...

Mamlakatimizning Tehrondagi elchixonasi tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi s...

So`nggi yangiliklar