Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Oktabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish uchun yurtimizga kelgan O‘mon ommaviy axborot vositalari delegatsiyasi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi


TOSHKЕNT, 27-oktabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonini yoritish uchun mamlakatimizga kelgan «Asdaa Oman» gazetasi bosh muharriri Ali Xalfan Said al-Hasaniy boshchiligidagi O‘mon ommaviy axborot vositalari delegatsiyasi kecha Toshkent shahrida bunyod etilayotgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tashrif davomida markaz direktorining o‘rinbosari F.Halimov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Said al-Hasaniy Prezident saylovini kuzatishga taklif etgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi. O‘mon vakillari saylov jarayoni shaffof va oshkora o‘tgani, ayniqsa, imkoniyati cheklangan insonlarning ovoz berishi uchun yaratilgan alohida shart-sharoitlar e’tiborga sazovorligini qayd etdi. 

Gazeta bosh muharriri O‘zbekiston va O‘mon mushtarak madaniyatlarga ega mamlakatlar ekani, hamkorlik aloqalarini rivojlantirish umumiy manfaatlarimizga xizmat qilishini ta’kidladi. 

Mehmonlar markaz faoliyati bilan tanishdi. Xususan, uning tarkibidagi Samarqand qog‘ozini ishlab chiqarish ustaxonasi, Kitobat va xattotlik maktablari, gid-tarjimonlar, arab tili kurslari haqida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida Islom sivilizatsiyasi markazi bilan O‘mondagi Beruniy nomli kutubxona, Sulton Qobus madaniyat markazi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, mamlakatimiz ziyorat turizmini targ‘ib etish singari masalalarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi. 

O‘mon ommaviy axborot vositalari delegatsiyasi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif davosmida qator videomateriallar va fotoreportajlarni  tasvirga oldi.

Mavzuga oid

Polshada mahalliy vaqt bilan soat 12.00g...

O‘zbekiston Varshavadagi elchixonasi huzurida tashkil etilgan 29-saylov uchastkasida Polsh...

O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasida v...

Mamlakatimizning Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) elchixonasida ushbu mamlakatda isti...

O‘zbekistonda bo‘lajak saylovlar Xitoy o...

Xitoydagi yetakchi nashrlardan biri - «Jenmin jibao» gazetasining onlayn nashrida O‘zbeki...

So`nggi yangiliklar