Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Oktabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekiston Prezidenti saylovining dastlabki natijalari hind ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmoqda


DЕHLI, 26-oktabr. /«Dunyo» AA/. Kecha Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Prezidenti saylovining  dastlabki natijalari Hindistonning qator ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritilmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Xususan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 24 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi munosabati bilan Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi tomonidan yo‘llangan tabrik to‘g‘risidagi xabar deyarli barcha hind ommaviy axborot vositalari sahifalaridan joy oldi.

Bundan tashqari, «Republic World» onlayn-gazetasi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan so‘nggi 5 yil davomida olib borilgan keng qamrovli islohotlarni e’tirof etib, uning ushbu saylovdagi g‘alaba mamlakatning investitsion jozibadorligini yanada oshishi va xorijiy davlatlar bilan savdo hajmining jadal o‘sishiga xizmat qilishiga ishonch bildirgan. Maqolada O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi aloqalar ko‘lamining sezilarli darajada oshganligi va bu borada ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muntazam muloqotlarning ahamiyati haqida so‘z yuritilgan.

Prezident saylovining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan materiallar, shuningdek, Hindistonning «ANI News», «All India Radio News», «The Economic Times», «Pehal News», «Bharat Times«, «Morning Express», «Evening News»  singari nashrlarida ham chop etildi.

Mavzuga oid

AQSHdagi vatandoshlarimiz O‘zbekiston Pr...

15-16 oktyabr kunlari AQSHning Kaliforniya shtati San-Fransisko shahri va Nyu-York shahrin...

YEXHT DIIHB saylovda shaffoflik va oshko...

YEXHT DIIHB missiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatish natijalar...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi ...

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida Moskva shahri, ...

So`nggi yangiliklar