Uz / Ўз Ru En

Toshkent

16/Yanvar/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti Sergey Lavrovni qabul qildi


 

Bugun, 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Sergey Lavrovni qabul qildi.

Uchrashuv avvalida Prezidentimiz strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarning rivojlanish sur’ati tobora ortib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajadagi muloqot muntazamlik kasb etgani, o‘zaro almashinuvlar misli ko‘rilmagan darajada faollashgani, ko‘p qirrali hamkorlik, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kengayib borayotgani bundan dalolat beradi.

Sergey Lavrov samimiy qabul uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi hamda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning dildan salomlarini yetkazdi. Ikki rahbarning mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikda bugungi darajaga erishishidagi hal qiluvchi roli alohida qayd etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik mavzular yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mavzuga oid

Xitoy nashrlarida «Zamonaviy O‘zbekisto...

Xitoyning yirik “Feniks” (Phoenix) axborot agentligi internet sahifasida mazkur mamlakatni...

Yangi O‘zbekistonning yangi tarixi tarix...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi ma...

Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslari O‘z...

Hindiston siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majli...

So`nggi yangiliklar