Uz / Ўз Ru En

Toshkent

09/May/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti Shon-sharaf muzeyiga tashrif chog‘ida Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish, kitoblar chop etish bo‘yicha topshiriqlar berdi


TOSHKENT, 9-may. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Shon-sharaf muzeyidagi yangi ekspozitsiya bilan tanishdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari Matbuot xizmati maʼlum qilishicha, muzeyda 12 ming 500 dan ziyod eksponat to‘plangan bo‘lib, ularning soni tobora ortib bormoqda. Tarixiy fakt va voqealar zamonaviy texnologiyalar, interaktiv usullar yordamida aks ettirilgan. Davlatimiz rahbarining avvalgi tashrif chog‘idagi ko‘rsatmalari asosida ekspozitsiyalar yana-da boyitilgan. Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar uchun alohida bo‘limlar tashkil etilgan.

– Bu yer xalq muzeyi bo‘lishi kerak. Urushda qatnashgan yoki yetim bolalarni boqib olgan insonlarning avlodlari bilan bog‘lanib, bobolarining jasoratini yuzaga chiqarish zarur. Hali o‘rganilmagan juda ko‘p manbalar bor. Yurtimizdagi har bir qishloq, mahalla, maktab, umuman, jamoatchilik ularni to‘plash va targ‘ib etishda faollik ko‘rsatishi kerak. Bu urush dahshatini anglash, tarixdan saboq chiqarish uchun muhim. Muzey bunda asos, tarix bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik bo‘lishi kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari haqidagi maʼlumotlarning elektron bazasini yaratish, kitoblar chop etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid

Joriy yilning birinchi choragida O‘zbeki...

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida hududlar va tarmoqlarda iqtisodiy o‘sishni t...

O‘zbekiston Prezidenti amerikalik kongre...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun AQSH Kongressi Vakillar palatasining kongr...

O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi yig‘...

Davlatimiz rahbari joriy yilning 31 may kuni Chirchiq daryosi bo‘yini obodonlashtirishga o...

So`nggi yangiliklar