Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Noyabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti: Tibbiyot va taʼlim – davlat va xalq o‘rtasidagi adolat ko‘prigi


TOSHKENT, 20-noyabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan tibbiyot xodimlari va pedagoglar bilan muloqot qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

– Toshkentda sifatli tibbiy xizmat va maktab taʼlimiga qanday erishamiz? Meni shu savol qiynaydi. Sizlar bilan uchrashishdan maqsad – quyi tizimdagi masalalarni bilish, to‘g‘ri yo‘l tutish, – dedi davlatimiz rahbari.

2020 yil barcha sohalar uchun katta sinov bo‘ldi. Tibbiyot xodimlari ham, o‘qituvchilar ham yangicha shart-sharoitda ishlashiga to‘g‘ri keldi.

– Og‘ir sinovlar paytida birlashdik. Bu sinovlar bizni izlanishga majbur qildi. Shuning uchun natija bo‘ldi, – dedi Prezident.

Ayni paytda, pandemiya qaysi sohalarda oqsash borligini, islohot, rivojlanish yo‘nalishlarini ham ko‘rsatib berdi. Joriy yil 30 oktyabr kuni taʼlim-tarbiya tizimi, 6 noyabrda esa sog‘liqni saqlash sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlari shu maqsadga qaratilgan edi. Ularda muhokama qilingan dolzarb masalalar va bildirilgan takliflar asosida taʼlim-tarbiya va ilm-fanni rivojlantirish, birlamchi tibbiy muassasalar faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish bo‘yicha Prezidentning farmon va qarorlari qabul qilindi.  

Bugungi uchrashuvda taʼlim va tibbiyot sohalaridagi islohotlarning ahamiyati, ularni quyi tizimda amalga oshirish choralari haqida suhbatlashildi.

Shavkat Mirziyoyev aholi sog‘liqni saqlash tizimidan norozi ekanini taʼkidladi.

– Shifoxonadan chiqqan 20 ta odam bilan gaplashinglar, hammasini aytadi. Ko‘pchilik tibbiy xizmatlar sifatidan norozi, – dedi Prezident.

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, kasalliklarni erta aniqlash va davolashning ilg‘or tajribasini joriy etish, tibbiyot muassasalari sharoitini yaxshilash bo‘yicha fikrlar bildirdi.

Sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimlari aholi salomatligi, yosh avlod kamolotida hamohang ekani taʼkidlandi.

– Tibbiyot va taʼlim – davlat va xalq o‘rtasidagi adolat ko‘prigi, – deya taʼkidladi Shavkat Mirziyoyev. – Hammamiz o‘zimizni qiynab, halol bo‘lib, bu tizimlarni to‘g‘rilab olsak, ana shunda adolat taʼminlanadi. Xalqimiz rozi bo‘ladi. Toshkent bunda namuna bo‘lishi kerak.

Mavzuga oid

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining «...

2020-yil 31-may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston davlat chegarasi «Chashma» uchastkasida O‘zb...

O‘zbekiston Prezidenti: Har bir oilaning...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Namangan shahridagi “Dashtbog‘” kichik san...

O‘zbekiston vakillari SHHTga aʼzo davlat...

Bugun videokonferensaloqa shaklida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Xalqaro a...

So`nggi yangiliklar