Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Sentabr/2022   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida birdamlik bo‘yicha Samarqand tashabbusi Yevropa OAV diqqat markazida

 


 BRYUSSEL, 30 sentyabr. /“Dunyo” AA/. Yevropaning «YEU Political Report» portalida «Akromjon Neʼmatov: Samarqand tashabbusi Shavkat Mirziyoyev siyosiy doktrinasining mujassamlashgan ifodasidir» sarlavhli maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Nashrda muallifning qayd etishicha, 15-16 sentyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida qabul qilingan qarorlar bugungi kunda xalqaro hamjamiyat oldida turgan dolzarb muammolarga javoblarni o‘z ichiga oladi va dunyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni tiklashga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan.

«O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida hamjihatlik to‘g‘risidagi Samarqand tashabbusini haqli ravishda tashkilotning barcha aʼzolari tomonidan keng qo‘llab - quvvatlangan va sammit yakunlarida o‘z ifodasini topgan asosiy tashabbus deb atash mumkin», deyiladi maqolada.

Shuningdek, bugungi kunda xalqaro hamjamiyat duch kelayotgan global murakkab inqirozga aynan davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda ishonch va o‘zaro tushunish yo‘qligi sabab bo‘layotgani qayd etilgan.

Maqolada taʼkidlanishicha, O‘zbekiston ochiq, konstruktiv va pragmatik tashqi siyosat yuritish orqali barcha davlatlar bilan muvozanatli munosabatlar o‘rnatgan, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSH, Yevropa Ittifoqi, Janubiy Osiyo, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi, arab dunyosi va boshqa mamlakatlar bilan amaliy hamkorlik qilmoqda.

«Aslida O‘zbekiston turli davlatlar va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi muloqotda o‘ziga xos “ko‘prik”ka aylandi va o‘zini konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro maqbul yechimlarni topishga salmoqli hissa qo‘shishga qodir masʼuliyatli davlat sifatida namoyon etdi»,- deb urg‘ulaydi muallif.

Bundan tashqari, maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyev ochiq, konstruktiv, tinchliksevar va pragmatik siyosatga sodiqligini yana bir bor namoyon etgani alohida taʼkidlangan. «Aytish mumkinki, «Samarqand tashabbusi Shavkat Mirziyoyevning ochiqlik, har tomonlama qamrab oluvchi muloqot, pragmatizm, konstruktiv hamkorlik, teng huquqlilikni hurmat qilish, inson manfaatlari, shuningdek, oqilona murosa yo‘llarini izlash tamoyillariga asoslangan siyosiy “doktrinasi”ning ifodasidir», - deb yozadi «YEU Political Report».

Mavzuga oid

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining...

5-6 avgust kunlari Turkmanistonda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uch...

Fransiya OAV birinchi Toshkent xalqaro i...

Fransiyaning «Revue Conflits» nashrida «Birinchi xalqaro investitsion forum: O‘zbekiston ...

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtas...

Saudiya Arabistoni Podshohligida chop etiladigan “Al-Yaum” kundalik gazetasi sahifasida “S...

So`nggi yangiliklar