Uz / Ўз Ru En

Toshkent

12/Aprel/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti va Pokiston Bosh vaziri onlayn-sammit o‘tkazadilar


TOSHKENT, 12-aprel. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-aprel kuni Pokiston Bosh vaziri Imron Xon   bilan videoanjuman shaklida sammit o‘tkazadi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Davlatimiz rahbari Matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, tadbir kun tartibidan ikki tomonlama amaliy sheriklik va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari o‘rin olgan.

Asosiy eʼtibor Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini birgalikda ilgari surish, o‘zaro savdo hajmini oshirish, ikki mamlakatning yetakchi korxona va kompaniyalari o‘rtasidagi kooperatsiyani kengaytirish, aviaqatnovlarni tiklash, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni rivojlantirishga qaratiladi.

O‘zbekiston va Pokiston yetakchilari xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqadilar.

Sammit yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya va taʼlim sohalariga oid qator qo‘shma hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

2020 yilda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 123 million AQSH dollaridan oshgan. Bu haqda 9 aprel kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi. O‘zbekiston-Pokiston videosammiti to‘g‘risida eʼlon qilar ekan, davlatimiz rahbari matbuot kotibi «O‘zbekiston savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalarida hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor», deb taʼkidladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentiga Surxondaryo vil...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshi...

O‘zbekiston Prezidenti: Yerni tadbirkorg...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent viloyatining Chinoz tumaniga kelib, suv xo‘ja...

O‘zbekiston Prezidenti AQSH Prezidentiga...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Jozef Bayde...

So`nggi yangiliklar