Uz / Ўз Ru En

Toshkent

07/Fevral/2023   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish va mintaqaviy ahamiyatga ega strategik loyihalarni birgalikda ilgari surish imkoniyatlarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 7 fevral. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Turkman xalqining milliy yetakchisi va Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida yetakchilar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi bilan bir-birlarini dildan qutlab, eng ezgu tilaklarini bildirdilar. Xalq Maslahati Raisi Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning ham samimiy tabriklarini yetkazdi.

O‘tgan yillarda O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va ishonchdek ezgu anʼanalarga tayangan holda jadal rivojlanib borgani va bugungi kunda strategik sheriklikdek yuksak darajaga ko‘tarilgani alohida qayd etildi.

Ushbu qutlug‘ kunda azaldan yaqin qardoshlik rishtalaridan kelib chiqib va o‘zaro hurmat belgisi sifatida mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stona yordam almashildi – Turkmanistondan yurtimizga suyultirilgan gaz partiyasi yetkazildi, o‘z navbatida O‘zbekistondan qo‘shni mamlakatga zamonaviy tez yordam mashinalari jo‘natildi.

Bundan tashqari, kuni kecha mamlakatlarimiz poytaxtlarida keng jamoatchilik, milliy diasporalar va diplomatik korpus vakillari ishtirokida tantanali tadbir va konsertlar bo‘lib o‘tdi.

Tovar ayirboshlashning o‘sayotgani hamda “Shovot-Toshovuz” chegaraoldi savdo zonasini barpo etish bo‘yicha birgalikdagi ishlar boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Transport, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda muhim kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish sohasida, shu jumladan qo‘shma suv xo‘jaligi komissiyasi doirasida samarali hamkorlik davom etmoqda.

O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida, shu jumladan hududlar darajasida taʼlim va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlari faol ro‘yobga chiqarilmoqda.

O‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish va mintaqaviy ahamiyatga ega strategik loyihalarni birgalikda ilgari surish uchun imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

Xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Telefon orqali muloqot har doimgidek samimiy, ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Mavzuga oid

2023-yilda O‘zbekistonda xonadonlarga be...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish cho...

O‘zbekiston-Turkmaniston aloqalari o‘zar...

Turkmanistonga rasmiy tashrif doirasida Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun ushbu mamlakat ...

O‘zbekiston Prezidenti: Savdo aylanmasi ...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov muzoka...

So`nggi yangiliklar