Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/May/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidenti va xalqimiz nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan xorijiy davlatlar yetakchilaridan qutlovlar kelmoqda


TOSHKENT, 13-may. /«Dunyo» AA/. Ushbu qutlug‘ ayyom kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan butun musulmon olami uchun muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabrik va tilaklar izhor etilgan qutlovlar kelmoqda, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari Matbuot xizmati ma’lum qilishicha, xorijiy hamkorlar o‘z tabriknomalarida ko‘p millatli xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilab, O‘zbekiston bilan do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqlaganlar.
Xususan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an

Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev

Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said

Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun

Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said  

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud

Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum

Quvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun

Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar bin Muhammad Hamza Hadjar

Turkiy kengash bosh kotibi Bag‘dod Amreyev

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti mamlakatimizdagi...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizdagi diplomatik missiyasini ya...

Uch yildan keyin Sherobod tumanidagi hos...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidagi zamonaviy issi...

O‘zbekiston Prezidenti: Savdo aylanmasi ...

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov muzoka...

So`nggi yangiliklar