01/Dekabr/2022 Prezident
TOSHKENT, 1 dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasining sobiq Raisi Szyan Szeminning vafoti munosabati bilan Xitoy Raisi Si Szinpinga taʼziya yo‘lladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asaovning Telegram kanalidagi sahifasida joylashtirilgan maʼlumotga tayanib.
“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi keng qamrovli aloqalarni mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirishga ulkan hissa qo‘shgan Szyan Szeminning xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi”, deyiladi davlatimiz rahbarining maktubida.
Prezidentimiz Si Szinpinga hamda marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Reuters surati