Uz / Ўз Ru En

Toshkent

13/Oktabr/2020   Siyosat

O‘zbekiston Prezidenti zamonaviy to‘qimachilik korxonasi faoliyati bilan tanishdi va yangi turar-joy mavzeiga tashrif buyurdi


TOShKENT, 13-oktabr. «Dunyo» AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sardoba Oqsaroy tekstil» korxonasi faoliyati bilan tanishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, “Oqsaroy klaster” MChJ tarkibidagi mazkur korxona yiliga 3,5 million dollarlik tayyor mato va kiyimlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarni 100 foiz eksport qilish mo‘ljallangan. Turkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish o‘rni yaratilgan.

Davlatimiz rahbari bu yerda faoliyat boshlagan xotin-qizlarni yangi uy va ish joylari bilan tabrikladi.

— Fojia yuz bergan kunlari ba’zi odamlarda ertangi kunga ishonch yo‘qolib qolgan edi. Bugun sizlarning ko‘zingizda ishonch uchqunlarini ko‘rib turganimdan xursandman. Ayollar ishlasa, kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Ayolning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, farzandlarining kayfiyati, tarbiyasi yaxshi bo‘ladi, oilada, jamiyatda muhit o‘zgaradi. Shuning uchun xotin-qizlarga ish o‘rinlarini ko‘paytirishga harakat qilyapmiz, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu yerda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yengil sanoatda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari 15 may kuni Sardoba tumanida bo‘lganida “Do‘stlik” mahallasida yangi uylar qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Qisqa vaqtda bu yerda 1 ming 480 xonadonli 37 ta turar joy qurib bitkazildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu galgi tashrifi chog‘ida mazkur zamonaviy mavzeni ko‘zdan kechirdi.

Uylar besh qavatli bo‘lib, ikki va uch xonali kvartiralardan iborat. Turar joylarni qurishda eng energiyatejamkor materiallardan foydalanilgan. Yangi mavzeda barcha kommunikatsiya tarmoqlari mavjud. Mahalla guzari, bolalar maydonchalari qurilib, hudud obodonlashtirilgan.

Xonadonlar tayyor holda, toshqindan jabrlangan oilalarga bepul topshiriladi. Oldin mazkur mahallada yashagan Baxtiyor va Qimmatxon Mirzayevlar oilasiga ham uch xonali kvartira ajratilgan.

Davlatimiz rahbari ushbu xonadonga kirib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Sanoat siyosati,...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 12 avgust kuni hududlard...

“Xelsinki+45: YeXHTning barcha 57 ishtir...

Xelsinki yakuniy akti imzolanganining 45 yilligiga bag‘ishlangan “Xelsinki+45: YeXHTning b...

Sardor Umurzoqov: O‘zbekiston va Turkiya...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 19-20 fevral kunlari tash...

So`nggi yangiliklar