Uz / Ўз Ru En

Toshkent

04/Mart/2021   Dolzarb

O‘zbekiston Prezidentining BMT IHK sessiyasida ilgari surgan tashabbuslarining huquqshunoslik fani va amaliyotidagi ahamiyati muhokama qilindi


TOShKENT, 4 mart. /«Dunyo» AA/. Bugun  Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi mamlakatimiz Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi (IHK) 46-sessiyasidagi nutqida yuridik fan va amaliyot uchun belgilangan vazifalar» mavzusida «davra suhbati» o‘tazildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Milliy markaz Axborot xizmati ma'lum qilishicha, anjumanda Milliy markaz direktori Akmal Saidov va Davlat va huquq instituti direktori Murod Turg‘unov kirish nutqi bilan ishtirok etib, davlatimiz rahbarining BMT IHK sessiyasida so‘zlagan nutqining mazmun-mohiyatini e'tirof etdi.

Davlatimiz rahbarining  Kengashdagi nutqi nafaqat keng jamoatchiligimiz, balki xalqaro hamjamiyat va xorijiy ekspertlar tomonidan ham qizg‘in muhokama qilinmoqda.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston Prezidenti o‘z chiqishida mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi doirasidagi faoliyatimizning ustuvor yo‘nalishlari haqida atroflicha to‘xtalganini ta'kidladi.

Davlatimiz rahbari xalqaro, mintaqaviy va milliy doiralarda O‘zbekistonning istiqboldagi majburiyatlari va rejalari haqida batafsil to‘xtalib, ushbu majburiyatlarni 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibi doirasida amalga oshirishimiz hamda inson huquqlari borasida hali ulkan yo‘lning boshida turganimizga alohida urg‘u berganiga e'tibor qaratildi.

Joriy yil BMT Inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganligining 10 yilligi keng nishonlanadi. Bugungi kunda BMTga a'zo 20 dan ortiq davlatning inson huquqlari sohasida ta'lim bo‘yicha milliy harakatlar dasturlari qabul qilingan bo‘lib, davlatlar inson huquqlari sohasidagi ta'lim masalasiga e'tiborini kuchaytirmoqda.

O‘zbekistonning BMT Inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi parlament tomonidan tasdiqlangan. Ushbu Harakatlar dasturi bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan tadbirlar izchil bajarilmoqda. 

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi doirasida ta'lim muassasalarida «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari» va «Bola huquqlari» bo‘yicha o‘quv kurslarini, shuningdek «Inson huquqlariga oid xalqaro huquq» mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura yo‘nalishini (konsorsium) joriy qilish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda.

Tadbir ishtirokchilari BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga bildirilgan qator takliflar, jumladan, sud'yalar kengashlari faoliyatining universal prinsiplarini ishlab chiqish, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmni takomillashtirish, shuningdek,  Osiyo qit'asining inson huquqlari bo‘yicha mintaqaviy mexanizmini muntazam faoliyat ko‘rsatadigan platforma – Samarqand forumi negizida yaratish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Turk...

Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning yetakchi injiniring va qurilish kompaniyasi - "Renessans Xo...

O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron transp...

Transport vazirligida O‘zbekiston, Turkmaniston va Eron transport vazirliklari va idoralar...

O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi ...

Bugun “Tashkent City” majmuasida joylashgan “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekistonning xoriji...

So`nggi yangiliklar