03/Iyun/2023 Dolzarb
QOHIRA, 3 iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2 iyun kuni Cho‘lponota (Qirg‘iziston) shahrida bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» ikkinchi sammitidagi nutqi xojiriy ommaviy axborot vositalari va yetakchi ekspertlarning yuqori qiziqishiga sabab bo‘layotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Xususan, Misrning markaziy ommaviy axborot vositalari davlatimiz rahbarining mazkur nuqtida ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni sharhlash barobarida, nuqt matnini to‘liq eʼlon qilmoqda.
Jumladan, ushbu mamlakatning «Sada al Balad» axborot platformasi veb-saytlarida mazkur nutqning to‘liq matni ingliz tilida eʼlon qilindi.