Uz / Ўз Ru En

Toshkent

11/Oktabr/2021   Siyosat

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili AQSH kongressmenlari bilan uchrashdi


TOSHKЕNT, 11-oktabr. /«Dunyo» AA/. Bugun Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasining Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Gregori Miks boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqotda ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston - AQSH hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi holat, xususan, bu mamlakatdagi insonparvarlik vaziyati hamda iqtisodiy qayta qurish bo‘yicha qo‘shma choralarga alohida e’tibor qaratildi.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishidan, jumladan, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga jalb etishdan manfaatdordir.

Kongressmenlar O‘zbekistonning chet davlatlar fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni tashkil etish hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishda faol ishtirokini alohida ta’kidladi.

Mavzuga oid

Jiddadan kelgan maktubda O‘zbekiston va ...

Bugungi kunda O‘zbekiston bilan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) o‘rtasidagi hamkorlik izc...

Oliy Majlis Senatiga Tashqi ishlar vazir...

Bugun Oliy Majlis Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirl...

Toshkentda MDH Tashqi ishlar vazirlari k...

O‘zbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga raisligi doirasida videokon...

So`nggi yangiliklar