Uz / Ўз Ru En

Toshkent

29/Noyabr/2022   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Jiddada IHTning Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili bilan uchrashdi

TOSHKENT, 29 noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev kecha Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkilotining (IHT) Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Tarik Baxit bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


TIV maʼlumotiga ko‘ra, muloqot chog‘ida O‘zbekiston va IHTning afg‘on inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, shuningdek, mamlakatga tez fursatlarda insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasidagi saʼy-harakatlari muhokama qilindi.

Afg‘onistondagi mavjud vaziyat, IHTga aʼzo davlatlarning mamlakatning yangi hukumatiga nisbatan mujassamlashgan pozitsiyasini rivojlantirish, shuningdek, Afg‘onistondagi chuqur gumanitar inqirozni bartaraf etish yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Tarik Baxit O‘zbekistonning Afg‘onistonda «Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Uning fikricha, bu Afg‘oniston uchun chinakam strategik loyiha bo‘lib, mamlakatni mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik bo‘g‘iniga aylantirish, yaʼni amalda Markaziy va Janubiy Osiyoni ushbu muhim transport yo‘lagi orqali bog‘lash imkonini beradi.

Afg‘onistonning yangi hukumati tomonidan xalqaro hamjamiyat talablarining, jumladan, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya qilish masalasida bajarilishi muhimligi qayd etildi.

Tomonlar afg‘on masalasi bo‘yicha maslahatlashuvlarni davom ettirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev Xitoy elc...

O‘zbekiston TIV rahbari BMTning Tamaddun...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov Nyu-York shahrida Birlashgan Millatlar Tas...

O‘zbekiston TIV rahbarining birinchi o‘r...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Butun Pokis...

So`nggi yangiliklar