Uz / Ўз Ru En

Toshkent

23/Sentabr/2021   Dolzarb

O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 76-sessiyasidagi nutqining matni alohida risola shaklida o‘zbek, qozoq va rus tillarida chop etildi


 NUR-SULTON, 23 sentyabr. /“Dunyo”/. BMT Bosh Assambleyasining 21 sentyabrda bo‘lib o‘tgan 76-sessiyasidagi O‘zbekiston Prezidenti nutqining to‘liq matni alohida risola shaklida uch tilda - o‘zbek, qozoq va rus tillarida chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu nashr O‘zbekiston Oliy Majlisi va Vazirlar Mahkamasining «Nurli jol» gazetasi tahririyati ko‘magida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi hamda “Dunyo” axborot agentligining birgalikdagi saʼy-harakatlari bilan chop etildi.

Bundan oldin Prezidentning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvidagi nutqi, davlatimiz rahbarining «Yangi O‘zbekiston» gazetasi bosh muharriri bilan intervyusi, O‘zbekiston davlat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan tantanali marosimdagi nutqi qozoq tiliga tarjima qilingani holda alohida nashr ko‘rinishida chop etilgan edi.

O‘zbekiston elchixonasidan maʼlum qilinishicha, davlatimiz rahbarining nutqlari, uning xalqaro tashabbuslari, mamlakatimizda hayotga tadbiq etilayotgan keng qamrovli islohotlar Qozog‘istonning siyosiy, ishbilarmon, tahlil doiralari hamda keng jamoatchiligining diqqat markazida turibdi. O‘z-o‘zidan ayonki, ushbu mavzularga doir xabar-maqolalar mamlakatning yetakchi ommaviy axborot vositalari, shu jumladan, ommabop internet resurslarining sahifalarida ham eʼlon qilinmoqda.

Mavzuga oid

Fransiyada Orol dengizi muammolariga qiz...

O‘zbekistonning Parijdagi elchixonasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqarg‘i Kengesi va Fr...

Hind nashri Yangi O‘zbekiston zamonaviy ...

Hindistonda chop etiladigan haftalik siyosiy-tahliliy nashrlaridan biri - “Political Event...

O‘zbekiston – Xitoy: Sichuan provinsiyas...

Muzokaralarda Sichuan provinsiyasining mamlakatimiz viloyatlari, shu jumladan, Toshkent sh...

So`nggi yangiliklar