Uz / Ўз Ru En

Toshkent

24/Fevral/2021   Media

O‘zbekiston Prezidentining BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi «The Korea Post» jurnali saytida chop etildi


SEUL, 24-fevral. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning yetakchi ommaviy axborot vositalaridan biri - «The Korea Post» jurnali veb-sahifasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi ingliz tilida to‘liq chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bu davlatimiz rahbarining BMT nufuzli organi yuqori minbaridagi nutqi xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganining ifodasidir.

Mamlakatimiz xalqaro hayotidagi tarixiy voqea bo‘lgan ushbu tadbirda Prezidentimiz O‘zbekistonda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda Inson huquqlari bo‘yicha kengash doirasidagi faoliyatning asosiy vazifalariga batafsil to‘xtaldi.

Qayd etish joizki, Koreya Respublikasi jamoatchiligi, siyosiy va ilmiy doiralari vakillari O‘zbekiston Prezidentining Inson huquqlari bo‘yicha kengash sessiyasida ilk bor ishtirokini, davlat rahbarlari orasidan birinchi bo‘lib so‘zga chiqqanini eʼtirof etib, tarixiy nutq mazmun-mohiyati va ahamiyatini, unda ilgari surilgan tashabbuslarni katta qiziqish bilan o‘rganmoqda.

Mavzuga oid

O‘zbekiston saylov qonunchiligidagi o‘zg...

O‘mon Sultonligining yetakchi nashlaridan biri - «Asda Oman» gazetasi («O‘mon sadosi») veb...

Misrdan munosabat: O‘zbekiston har bir f...

O‘zbekistonda mahalla va oilani qo‘llab-quvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotla...

O‘zbekiston ta’lim sohasidagi islohotl...

Malayziyaning «BERNAMA» milliy axborot agentligi portalida O‘zbekiston elchisi Ravshan...

So`nggi yangiliklar