Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi: O‘zbekiston Prezidenti va Yaponiya Bosh vaziri telefon orqali muloqot chog‘ida ko‘p qirrali hamkorlikning barcha jihatlarini batafsil muhokama qildilar


TOSHKENT, 17-may.  /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Prezident matbuot kotibi  Sherzod Asodov bugun o‘tkazilgan brifing chog‘ida davlatimiz rahbarining Yaponiya Bosh vaziri Yosixide Suga bilan telefon orqali muloqoti tafsilotlari haqida  batafsil to‘xtaldi, deb xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

«Yaponiyalik hamkorlarimiz tashabbusi bilan ko‘p qirrali hamkorlikning barcha jihatlari batafsil muhokama qilindi, - dedi Sherzod Asadov. - Jumladan, diplomatik aloqalar, pandemiyaga qarshi kurashish, savdo, tadbirkorlik va investitsiyalar, innovatsiyalar, sog‘liqni saqlash, taʼlim, ekologiya va boshqa muhim yo‘nalishlarga alohida etibor qaratildi. Taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston va Yaponiya yetakchilari darajasidagi bunday telefon muloqoti ilk bor tashkil etildi».

«Bosh vazir Suga qayd etganidek, O‘zbekiston ochiq va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish borasida Yaponiyaning mintaqadagi eng muhim hamkoridir, - deb qayd etdi Prezident matbuot kotibi. - Yaponiya yetakchisi O‘zbekiston Prezidentining 2019 yil dekabr oyida ushbu mamlakatga qilgan tashrifi natijalarini yuksak qadrlashini hamda pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari yumshagan sari o‘zaro muloqotlarni kengaytirish istagida ekanini alohida taʼkidladi».

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti: Bu jasorat yoshl...

Bugun G‘alaba bog‘idagi amfiteatrda 9 may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram...

O‘zbekiston Prezidenti raisligidagi yig‘...

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar sama...

Bugun Vengriya Bosh vaziri rasmiy tashri...

Joriy yil 29-31 mart kunlari Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban rasmiy tashrif bilan mamlak...

So`nggi yangiliklar