Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/May/2021   Prezident

O‘zbekiston Prezidentining matbuot kotibi: Davlatimiz rahbari Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi

TOSHKENT, 17-may.  /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari - Prezident matbuot kotibi  Sherzod Asodov brifing o‘tkazdi. Unda  joriy  haftada davlatimiz rahbari ishtirok etadigan tadbirlar rejasi haqida maʼlumot berildi, deb xabar  bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Xususan, ushbu haftada texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya tizimini takomillashtirish yuzasidan taqdimot, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish hamda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan videoselektor hamda ko‘p kvartirali uy-joylarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Jahon banki prezidentining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha o‘rinbosari Anna Byerdeni qabul qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari sifatida ishtirok etadi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston Prezidenti transport va komm...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun transport va kommunal sohalardagi loyihalar taqdimoti b...

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti O‘zb...

Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti – E...

Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti tele...

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti, Elboshi Nursulton ...

So`nggi yangiliklar