Uz / Ўз Ru En

Toshkent

19/Mart/2021   Siyosat

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili Kobulda Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


TOSHKENT, 19-mart. /“Dunyo” AA/.  O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev kecha Kobul shahrida Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri afg‘on mojarosini siyosiy jihatdan bartaraf etish, mamlakatdagi infratuzilma va iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish, xususan, «Surxon – Puli-Xumri» elektr uzatish liniyasi hamda «Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar» temir yo‘li qurilishidagi O‘zbekistonning muhim rolini alohida taʼkidladi.

Afg‘oniston rahbariyati mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash hamda mintaqaviy bog‘liqlikni yana-da rivojlantirishga ko‘maklashuvchi ushbu loyihalarga alohida eʼtibor qaratayotgani qayd etildi.

Muloqot davomida o‘zbek-afg‘on hamkorligining boshqa sohalardagi ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ham fikr almashildi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentl...

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti M...

O‘zbekistonning yangi tayinlangan elchis...

Bugun, 18 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasining Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va ...

O‘zbekiston TIV rahbari Qirg‘iziston elc...

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Qirg‘izistonning Toshkent shahrid...

So`nggi yangiliklar