Uz / Ўз Ru En

Toshkent

27/Iyul/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Rossiya elchisi Afg‘oniston masalasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi


TOSHKЕNT, 27 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 Muloqotda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, shuningdek, afg‘on masalasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
 Rossiya elchisi Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatishda, shuningdek, mintaqaviy integratsiya jarayonlariga mazkur davlat ishtirokini ta’minlashda O‘zbekistonning muhim rolini ta’kidladi.
 Oleg Malginov ikki tomonlama munosabatlarni yuqori baholadi. Shuningdek, natijalari mintaqalararo aloqani mustahkamlashga xizmat qiladigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasini (2021 yil 15-16 iyul) muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.

Mavzuga oid

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi tashqi s...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Yevropa Ittifoqining tashqi ishla...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va AQSH...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat ...

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘r...

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Yevropa Ittifoqinin...

So`nggi yangiliklar