Uz / Ўз Ru En

Toshkent

30/Iyul/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Prezidentining maxsus vakili va Yaponiya elchisi Afg‘onistondagi vaziyat va mazkur mamlakatda siyosiy tinchlik jarayonlariga ko‘maklashish bo‘yicha fikr almashdi


TOSHKЕNT, 30 iyul. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston  Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun Yaponiya elchisi Yoshinori Fujiyama bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri. 

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Yaponiya tomoni o‘zaro munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholab, mintaqalararo aloqalarni yanada mustahkamlashga hissa qo‘shgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabrikladi.
 Uchrashuv davomida tomonlar ikki mamlakatning Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarini, xususan, Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatish, shuningdek, mamlakatni mintaqaviy integratsion jarayonlarga jalb etish borasidagi sa’y-harakatlarini muhokama qildi.
 Afg‘onistondagi vaziyat va mazkur mamlakatda siyosiy tinchlik jarayonlariga ko‘maklashish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev 27 iyul kuni Rossiya elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Unda Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va xalqaro hamjamiyatning sa’y-harakatlari, shuningdek, afg‘on masalasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.

Mavzuga oid

Finlyandiyalik ekstremal yuguruvchi Yukk...

O‘zbekiston turizm va sport, tashqi ishlar vazirliklari rahbariyati hamda Finlyandiyaning...

O‘zbek diplomatlari Ohangaron shahridagi...

Kecha O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi xodimlari Ohangaron shahridagi qator mahallalar...

O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston b...

Bugun O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Yev...

So`nggi yangiliklar