Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Noyabr/2021   TIV yangiliklari

O‘zbekiston Prezidentining Maxsus vakili YEXHTning transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori bilan muzokaralar o‘tkazdi


TOSHKЕNT, 26-noyabr. /«Dunyo» AA/. O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev bugun YEXHTning transmilliy tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha koordinatori Alena Kupchina bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekistonning YEXHT bilan Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorligining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. 

Alena Kupchina O‘zbekiston rahbariyatining Afg‘onistondagi vaziyat, shu jumladan, mamlakatdagi gumanitar vaziyatni yaxshilash uchun tezkor choralar ko‘rish zarurligi yuzasidan pozitsiyasi va yondashuvlariga yuksak baho berdi.

Shu bilan birga, Afg‘onistondagi vaziyat oqibatlari bo‘yicha ishlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlardan iborat YEXHT dasturi yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ushbu chora-tadbirlar chegaradagi xavf-xatarlarni kamaytirish, hamjamiyatlardagi zaifliklarni bartaraf etish va barqarorligini oshirish, mintaqadagi hamkorlikni mustahkamlash uchun imkoniyatlardan foydalanish singari yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.

YEXHT koordinatori 2021 yil 2 dekabr kuni Stokgolm shahrida bo‘lib o‘tadigan Tashkilotga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi arafasida mazkur uchrashuvning o‘tkazilgani muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Mavzuga oid

Vazir Abdulaziz Komilov: Eng muhim vazif...

Kecha “Yangi O‘zbekiston tashqi siyosati: surʼati, yutuqlari va istiqbollari” mavzusida O‘...

Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonning che...

Bugun Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov joriy yil tashqi siyosiy faoliyat va iqtisodi...

Dushanbe shahrida «Yevropa Ittifoqi - Ma...

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bugun Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan ...

So`nggi yangiliklar