Uz / Ўз Ru En

Toshkent

22/Fevral/2023   O’zbekiston dunyo nigohida

O‘zbekiston Prezidentining Misrga tashrifi yakunlari Shveytsariya internet nashri nigohida

PARIJ, 22-fevral. /“Dunyo” AA/. Shveytsariyaning “Agence Ecofin” internet-nashri sahifasida “Misr va O‘zbekiston yangi sarmoyaviy loyihalar orqali hamkorlikni mustahkamlamoqda” sarlavhali maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”  AA muxbiri.


Unda mamlakatimiz rahbarining 20-21 fevral kunlari Misrga buyurgan rasmiy tashrifi natijalari tafsilotlari atroflicha qalamga olingan.

Maqolada, jumladan, O‘zbekiston va Misr tomonidan amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar soni so‘nggi yillarda olti barobarga oshgani o‘quvchilar eʼtiboriga havola qilinar ekan, Port-Said shahrida qo‘shma sanoat kooperatsiyasi va distribyutorlik markazini tashkil etish, imtiyozli savdo shartnomasini ishlab chiqish va imzolash, qo‘shma ishbilarmonlar kengashini o‘tkazish va uning birinchi yig‘ilishini 2023 yilning ikkinchi yarmida Toshkent shahrida tashkil etish bo‘yicha qator kelishuvlarga erishilgani alohida taʼkidlangan.

“O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Misrga tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuvlar davomida “O‘zbekiston-Misr” biznes-forumi tashkil etildi. Tadbirda ikki davlatning yetakchi kompaniyalarining 200 ga yaqin vakillari ishtirok etgani holda uning yakunlari bo‘yicha qator shartnomalar imzolandi. Bu kelishuvlar, asosan, kimyo, energetika, tog‘-kon sanoati, to‘qimachilik, charm-poyafzal jabhasi, sanoat zonalarini rivojlantirish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishi, shuningdek, qurilish va farmatsevtika sohalarida qo‘shma loyihalarni hayotga tadbiq etishga aloqadordir. Ikki davlat rasmiylari O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari sonini ko‘paytirishga ham kelishib oldilar”, deb yozadi “Agence Ecofin”.

Mavzuga oid

Yangi O‘zbekistonning ochiqlik siyosati...

Ukrainaning “EconomistUA” axborot-tahliliy portalida Korrupsiyaga qarshi kurash agentl...

O‘zbekiston bilan hamkorlik mavzusi Ozar...

Ozarbayjonning “Trend” (Trend.az) xalqaro axborot agentligi tomonidan «Ozarbayjon va O‘zbe...

Slovakiya OAV Yangi O‘zbekiston taraqqiy...

Slovakiyaning «Finansovaya gazeta» nashrida «O‘zbekiston mamlakat taraqqiyotining besh yi...

So`nggi yangiliklar