Uz / Ўз Ru En

Toshkent

17/Avgust/2022   Iqtisodiy diplomatiya

O‘zbekiston Prezidentining Saudiya Arabistoniga davlat tashrifi arafasida Jiddada savdo-sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlashning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi

TOSHKENT, 17-avgust. /“Dunyo” AA/.  Davlatimiz rahbarining Saudiya Arabistoni Podshohligiga tashrifi arafasida kecha Jidda shahrida Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayevning SAP savdo vaziri Majid bin Abdulla al-Kasabi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, suhbat davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish bo‘yicha istiqbolli chora-tadbirlar, investitsiyaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlash yo‘llari, shuningdek, O‘zbekiston rahbarining Saudiya Arabistoniga bo‘ladigan tashrifining iqtisodiy kun tartibi muhokama qilindi.

Joriy yil boshidan buyon, asosan, to‘qimachilik mahsulotlari, meva-sabzavot, plastmassa va metall mahsulotlarini faol o‘zaro yetkazib berish hisobiga ikki tomonlama savdo hajmining 13 barobar o‘sishi qayd etildi. Tomonlar mahsulot yetkazib berish hajmini oshirishdan ham, jo‘natilayotgan tovarlar nomenklaturasini kengaytirishdan ham o‘zaro manfaatdorligini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida o‘zaro manfaatli barcha masalalar bo‘yicha yakdil pozitsiya ishlab chiqildi. Kutilayotgan oliy darajadagi tashrif O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ikki tomonlama keng ko‘lamli munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitishiga hamda ishbilarmonlik aloqalari rivojlanishiga yangi turtki berishiga ishonch bildirildi.

Mavzuga oid

Vena shahrida bo‘lib o‘tayotgan «Euromon...

Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 24...

Buyuk Britaniya O‘zbekistonga « UK GSP E...

O‘zbekiston elchisi Said Rustamov Buyuk Britaniya xalqaro savdo vazirining o‘rinbosari lor...

O‘zbekiston elchixonasi: Niderlandiya in...

Niderlandiyaning «Compliment BV», «Bolderman Excursiereizen BV», «Molenkoning BV» va «JPF-...

So`nggi yangiliklar