Uz / Ўз Ru En

Toshkent

26/Sentabr/2022   Dolzarb

O‘zbekiston Prezidentining SHHT Samarqand sammitiga bag‘ishlangan konseptual maqolasi Germaniyada nemis tilida chop etildi

FRANKFURT-MAYN, 26-sentabr. /“Dunyo” AA/. Prezident Shavkat Mirziyoyevning «Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: o‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik»  konseptual maqolasi Germaniyaning «Afisha Augsburga» gazetasida  chop etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.


Davlatimiz rahbari maqolasining xorijda chop etilishi davom etayotgani, shubhasiz, Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti yakunlari va O‘zbekistonning xalqaro hamkorlikka konseptual yondoshuvlari nisbatan katta qiziqish mavjudligidan dalolat beradi.

Mazkur maqola O‘zbekiston bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Osiyo, Amerika, Afrika va Yevropa mamlakatlari OAVda o‘ndan ortiq tillarda eʼlon qilindi.

Maqolaning to‘liq matni bilan “Dunyo” AA veb-sayti  va boshqa markaziy respublika ommaviy axborot vositalari orqali tanishish mumkin.

Mavzuga oid

Koreya Respublikasidan munosabat: Biz MD...

Janubiy Koreya ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekiston bilan hamkorlikka nafaqat mamla...

O‘zbekiston afg‘on muammosiga siyosiy yo...

Germaniya raisligida Afg‘oniston, Buyuk Britaniya, Indoneziya va Qatar vakolatxonalari bil...

ITSV: O‘zbekiston – Qozog‘iston: Ko‘p qi...

Kecha O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jam...

So`nggi yangiliklar