Uz / Ўз Ru En

Toshkent

20/Oktabr/2021   Saylov - 2021

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar bugun Toshkent shahri va viloyatida uchrashuvlar o‘tkazadi


TOSHKЕNT, 20 oktabr. /«Dunyo» AA/. Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazishni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Kecha, 19  oktabr kuni Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Maqsuda Vorisova, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan davlat rahbarligiga nomzod Alisher Qodirov  Toshkent shahrida, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Bahrom Abduhalimov Sirdaryo viloyatida saylovchilar bilan uchrashdi.

Bugun, 20 oktabr kuni Ekologik partiyasidan O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Narzulla Oblomurodov Toshkent viloyatida, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan davlat rahbarligiga nomzod Bahrom Abduhalimov Toshkent shahrida saylovchilar bilan muloqot o‘tkazadi.

Uchrashuvlar chog‘ida nomzodlar o‘zlarining saylovoldi dasturlarini taqdim etmoqda, saylovchilarning savollariga javob bermoqda, ularni saylovda hamda mamlakatning kelgusidagi taqdirini hal etish jarayonida faol qatnashishga chaqirmoqda.

Mavzuga oid

Kuvayt Konstitutsiyaviy sudi raisi O‘zbe...

Kuvayt davlatining «KUNA» axborot agentligida O‘zbekiston Prezidenti saylovida xalqaro kuz...

Ukrainalik xalqaro kuzatuvchi: O‘zbekist...

Ukrainalik xalqaro kuzatuvchi, Siyosiy tahlil va xalqaro tadqiqotlar instituti direktori S...

O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodlar ke...

Mamlakatimizning oliy siyosiy lavozimiga nomzodlar saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazi...

So`nggi yangiliklar